2026-yildan chiqindilar uchun toʻlov faqat onlayn tarzda amalga oshiriladi

    2026-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekistonda chiqindi xizmatlari uchun toʻlovlar uyma-uy kirib yigʻish tartibi toʻxtatiladi.

    Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi maʼlum qildi.

    Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar toʻlovlarni faqat:

    • Agentlikning “Toza makon” billing tizimi orqali,
    • Elektron toʻlov tizimlari orqali,
    • Internet aloqasi yoʻq masofaviy aholi punktlarida istisno tariqasida – bank kassalari yoki “Oʻzbekiston pochtasi” orqali amalga oshirishi mumkin.

    Bu choralar aholiga qulaylik yaratish, hisob-kitoblarda shffoflikni taʼminlash va korrupsiyaning oldini olish maqsadida joriy etilmoqda.

    Qarzdorlar qisqa xabarnoma (SMS) orqali xabardor qilinganidan soʻng, toʻlovlarni toʻlashga imkon yaratilguncha elektr energiyasi uchun toʻlovlar vaqtincha cheklanishi mumkin.

    Shuningdek, toʻlangan mablagʻlar sanitar tozalash korxonalari va chiqindini qayta ishlash va yoqish zavodlariga haq toʻlash uchun ishlatiladi.