Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining navbatdagi kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi Farg‘onada o‘tkazildi

    Shu yilning 16-mart kuni Fargʻona davlat universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov raisligida kengaytirilgan hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

    Unda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov, vazirlik markaziy apparati masʼullari, davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar.

    Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov so‘zga chiqib, bugungi o‘quv seminari va vatanparvarlik targ‘ibotining yoshlar uchun ahamiyati xususida gapirib, oliy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida to‘xtaldi.

    FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov tomonidan “Farg’ona davlat universitetida talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.

    Taqdimotda Prezidentimiz tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi, xususan, talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘nalishida vеrtikal tizimning asosiy vazifalari, ularni amalga oshirish mexanizmi ilgari surildi.

    Tadbirda yoshlar ongida Vatanga muhabbat, yurt kеlajagiga daxldorlik tuyg‘usini yanada kuchaytirish bo‘yicha yangi takliflar ilgari surildi.