Inson va tabiat oʻrtasidagi bogʻliqlik butun hayotning, iqtisodiyotning mustahkam tayanchi sanaladi. Qishloq xoʻjaligi esa ana shu munosabatning eng qadimiy va eng hayotiy koʻrinishidir. Insonning yerga ekin ekish, bogʻ barpo etish, uning mevasidan foydalanish ehtiyoji hech qachon tugamaydi.
Saudiya Arabistonining Makka shahrida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Firdavs Abduxoliqov hamda Butunjahon Islom uyushmasi Bosh kotibi Shayx Muhammad bin Abdulkarim al-Issa ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Surxondaryo viloyatining janubi-sharqidagi togʻlar bagʻridan viqor bilan oquvchi Toʻpalang daryosi goʻyo ming yillardan beri togʻu toshlarga sir aytib kelayotgandek. Bahorda qorlar eriganda u shiddatli va toʻlqinli, yozda esa tiniq hamda sokin. Ana shu daryo ustida barpo etilgan ulkan gidroinshoot — Toʻpalang suv ombori bugun nafaqat suv, balki hayot, quvvat va ishonch timsoliga aylangan.
Joriy yilning 10-iyul kuni Fitch Ratings agentligi tomonidan “Navoiyuran” davlat korxonasi sifatidagi reytingi (GRE – Government-Related Entity) boʻyicha qoʻllab-quvvatlash koʻrsatkichini 20 balldan 30 ballgacha oshirib, “kuchli” (strong) toifa bilan baxolandi.
Londonda muhim madaniy voqea boʻlib oʻtdi: Buyuk Britaniyada ilk bor Oʻzbekiston tarixi bilan bogʻliq, Islom sivilizatsiyasining oltin davrlariga oid noyob Qurʼon qoʻlyozmalari va tarixiy artefaktlardan iborat kolleksiya namoyish etildi.
“Navoiyuran” davlat korxonasida Bosh direktor Djamal Fayzullayev rahbarligida korxona faoliyatining birinchi yarim yillik yakunlari va 2025-yilga belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarning bajarilishiga oid asosiy vazifalarga bagʻishlangan kengaytirilgan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Qashqadaryodagi yirik sanoat korxonalaridan biri “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ hisoblanadi. Bu korxonada ishlashni koʻp yoshlar orzu qiladi. Bu orzuga erishish esa yaxshi bilim, sohaviy koʻnikma talab etadi.
Buxoro davlat universitetining “Times Higher Education Impact Rankings 2025” global reytingida dunyoning nufuzli 800 ta universitetlari roʻyxatidan joy olganligi munosabati bilan hamda “Bitiruvchi–2025” Diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekistonda yoshlar mavzui davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangani barchamizga ayon. Davlatimiz rahbarining Yoshlar kuni munosabati bilan oʻtkazilgan uchrashuvdagi nutqi hamda tabrigini yangi Oʻzbekistonda yosh avlodning oʻrni, masʼuliyati va imkoniyatlari toʻgʻrisidagi keng qamrovli, strategik dastur sifatida baholishimiz mumkin.
2025-yil 23-iyun kuni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda TURKSOY bosh kotibi, ilmiy kengash aʼzolari, ishchi guruh rahbarlari, xalqaro hamkor mutaxassislar ishtirok etdi.