Endilikda mahallada ommaviy sport natijadorligi faqat qamrov bilan emas, balki aholining salomatlik ko‘rsatkichlariga ham qarab baholanadi.

Har bir viloyatdagi bittadan tumanda «salomatlik balansi» shakllantiriladi. Sport vaziri A.Ikramov, Mahallalar uyushmasi raisi K.Kuranbaev, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Sh.Mirziyoyevaga sport bilan faol shug‘ullanuvchi aholi orasidan «sog‘lom hayot volontyorlari» korpusi shakllantirish topshirildi.

Ular mahallalarda sport va sog‘lom turmush tamoyillarini targ‘ib qiladi. Har bir tumandagi ushbu tizimda eng namunali bo‘lgan 10 tadan mahallaga bepul sport formasi va anjomlarini berish yo‘lga qo‘yiladi.

Dunyoda maxsus jihoz va infratuzilma talab qilmaydigan intensiv sport mashg‘ulotlari, ya’ni kross-fit ommalashayotgani ta’kidlandi. 1 maygacha barcha maktab va texnikumlarda kross-fit bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilishi topshirildi. Kelgusi yildan kross-fit «Besh tashabbus» tizimiga kiritiladi.

Endilikda qaysi mahallada sportga qamrov oshib, aholining salomatligi yaxshilansa, yurak-qon tomir, diabet bilan kasallanish ko‘rsatkichi kamayса, volontyor va mahalla raisiga yil yakuni bilan 15 million so‘mgacha mukofot beriladi. Ushbu mahallada ommaviy sportga mas’ul trenerga 200 foizgacha oylik ustama to‘lanadi.