Bu haqda Biznes-ombudsman maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, tuman soliq inspeksiyasi masʼul xodimi fermerlarning bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni noqonuniy ravishda toʻxtatib qoʻygan.
Qonunchilikka koʻra, bunday cheklovlar faqat belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshirilishi mumkin. Biroq mazkur holatda 197 ta holatda talablar buzilgan.
Aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan xodimga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks asosida chora koʻrildi.
Unga BHMning 40 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi. Fermerlar manfaatlarini himoya qilish doimiy nazoratda ekani qayd etildi.