Ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 44,5 mlrd kVt·soati issiqlik elektr stansiyalari (IES), 9,1 mlrd kVt·soati katta quvvatli quyosh va shamol elektr stansiyalari, 6,2 mlrd kVt·soati gidroelektr stansiyalar, 2,3 mlrd kVt·soati kichik quvvatli quyosh panellari (Rooftop) va 689,3 mln kVt·soati blok-stansiyalari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Respublika isteʼmoli: mazkur muddat davomida respublika iste’moli 61,4 mlrd kVt⋅soatni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davridagiga nisbatan 3,6 mlrd kVt⋅soat yoki 6,2 foizga ko‘pni tashkil qildi.

Eksport: yanvar-avgust oylarida 3,1 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi eksport qilindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 753 mln kVt⋅soat yoki 31,7 foiz ko‘p.

Import: yanvar-avgust oylarida 1,7 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi import qilindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 669,8 mln kVt⋅soat yoki 28 foiz kam.

2026-yil avgsut oyida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,4 foizga ko‘p.

Ishlab chiqarish: joriy yilning avgust oyida respublikamizda jami 8,4 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 1,1 mlrd kVt⋅soat yoki 14,4 foizga ko‘pni tashkil etdi.

Respublika isteʼmoli: mazkur muddat davomida respublika iste’moli 8,4 mlrd kVt⋅soatni tashkil qildi. Ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davridagiga nisbatan 953,9 mln kVt⋅soat yoki 12,7 foizga ko‘p demakdir.