Luminous Blue — yorqin ko‘k

WGSN tomonidan 2027-yilning Color of the Year sifatida tanlangan Luminous Blue — elektrsimon va diqqatni tortuvchi ko‘k tus. Uning kiyim-kechak, aksessuarlar va turli dizayn yo‘nalishlarida keng qo‘llanishi kutilmoqda.

Energy Orange — jonli apelsinrang

Energiya va harakatni ifodalovchi Energy Orange obrazga dinamika qo‘shadi. Ayniqsa, sport kiyimlari, aksessuarlar va diqqatni tortuvchi statement obrazlarda bu rang ajralib turishi kutilyapti.

Pop Pink — yorqin pushti

Pop Pink oddiy pushtidan farqli ravishda ancha jonli va ifodali tus. U zamonaviy obrazlarga yoshlik bag‘ishlashi kutilmoqda.

Meadowland Green — tabiiy yashil

Tabiat va xotirjamlikni eslatuvchi Meadowland Green neytral va tabiiy estetikani yaxshi ko‘ruvchilar uchun mos variant. Uni kundalik kiyimlarda ham oson qo‘llash mumkin.

Clay — iliq neytral tus

Rink-beige tus — minimalistik obrazlar uchun universal variantlardan biri. U neytral ranglar bilan oson uyg‘unlashadi va sokin, nafis obraz yaratishga xizmat qiladi.

Madina Botirjonova