Ma’lum qilinishicha, “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi tezkor tuzilmalari hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda shubhali yuk aniqlangan.

“Istanbul–Toshkent” reysi orqali kelgan yo‘lovchi bojxonadan “yashil” yo‘lak orqali harakatlanayotgan vaqtda tekshiruvdan o‘tkazilgan. Aniqlanishicha, u Turkiyada notanish shaxs iltimosi bilan 35 AQSH dollari evaziga sumkani Toshkentga olib kelgan.

Bojxona ko‘rigi jarayonida sumka ichidagi eryo‘noq qadoqlangan paket tekshirilganda, donalar orasiga yashirilgan qizil rangli tabletkalar borligi ma’lum bo‘lgan.

Tekshiruv natijasida “Marvel” yozuvi tushirilgan jami 598 dona tabletka MDMA sintetik giyohvandlik vositasi ekani aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur turdagi narkotik moddalarining qora bozorga qiymati kamida 15–20 ming AQSH dollarini tashkil qiladi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.