Ma’lum qilinishiсha, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamda Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarma xodimlari hamkorligidagi tadbirda 2003 va 1998 yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Ularga tegishli sport sumkalari tekshirilganda, jami 4 kg 884 grammopiy”, 19 kg 863 grammgashishhamda 380 qutiEsse Changetamaki mahsulotlari borligi aniqlangan va ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 223, 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ulargaqamoqehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan alohida tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Afg‘onistondan kontrabanda qilingan giyohvandlik vositalari aniqlandi.

1978, 1981 va 2004 yillarda tug‘ilgan uch nafar shaxs davlat chegarasini buzib, avtomobil g‘ildiragi kamerasi yordamida Amudaryo orqali suzib o‘tayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Ulardan 2 kg 708 grammopiyva 8 kg 257 grammgashishmusodara qilindi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, narkosavdogarlar ushbu moddalarni etkazib berish evaziga kur’erlarga har bir kilogramm uchun 200 AQSh dollaridan haq to‘lashni va’da qilgan.

Holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 223 va 246-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.