Qaror yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va harakat xavfsizligini oshirish maqsadida qabul qilingan.

Unga ko‘ra:

  • M1, M2 va N1 toifadagi transport vositalari uchun maksimal tezlik 80 km/soat etib belgilanadi;
  • N2 va N3 toifadagi yuk transportlari uchun esa maksimal tezlik 50 km/soat qilib belgilanadi.

Shu munosabat bilan mazkur yo‘l uchastkalarida 3.24 «Yuqori tezlik cheklangan» (80 km/soat va 50 km/soat) yo‘l belgilari hamda tegishli qo‘shimcha axborot belgilari o‘rnatiladi.

Qarorga muvofiq, «Qamchiqavtoyo‘l» ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish korxonasiga o‘n kun muddat ichida zarur yo‘l belgilari o‘rnatish vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, viloyat hokimligi va Ichki ishlar organlari axborot xizmatlariga mazkur o‘zgarishlar haqida aholini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng xabardor qilib borish tavsiya etildi.

Mazkur qaror qabul qilingan kundan boshlab kuchga kirdi.