Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hududida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani aks etgan video tarqaldi.
Viloyat IIB YHXB maʼlumotiga ko‘ra, voqea 3 aprel kuni soat 18:47 da Andijon shahri «Hamdo‘stlik» MFY Mustaqillik ko‘chasida yuz bergan.
1995 yilda tug‘ilgan haydovchi D.M. «Cobalt» avtomashinasida harakatlanib kelayotib, eʼtiborsizlik oqibatida yo‘l chetida turgan ikki nafar voyaga yetmagan bolani urib yuborgan.
Jabrlangan bolalarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialida ko‘rikdan o‘tkazilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.