Ushbu yilning aprel oyi bahor fasli uchun xos boʻlgan beqaror ob-havo bilan boshlanadi.

Oyning birinchi oʻn kunligida respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatiladi. Yogʻingarchiliklar mahalliy (lokal) xususiyatga ega boʻlib, ular hamma joyda va har kuni ham kuzatilmaydi.

Masalan, Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarida 1-3-aprel kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi.

Aprel oyining ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarida ayrim kunlarda, har bir oʻn kunlikda 1-3 kundan yomgʻir yogʻishi kutilmoqda.

Oy davomida havo harorati ancha yuqori fon koʻrsatkichlarida: kechalari 12-17 daraja iliqdan 7-12 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 27-32 daraja iliqdan 15-20 daraja iliqqacha oʻzgarib turishi kutilmoqda.