Aniqlanishicha, Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi, muqaddam bir necha marta sudlangan shaxs poytaxtlik fuqaro­ni AQSHga ishchi vizasi asosida yuborishni va’da qilib, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun 22 ming AQSH dollari talab qilgan. U oldindan 5 ming dollar olgan vaqtida tezkor tadbir davomida ushlangan.

Shuningdek, Andijon viloyati Izboskan tumanida yashovchi shaxs fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga jo‘natish va ishchi vizasini tayyorlab berishni va’da qilib, 6 ming AQSH dollari talab qilgan. Uning 3 ming dollar miqdoridagi pulni olayotgan vaqtida noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Tergovga qadar tekshiruvlarda mazkur shaxs avval ham boshqa bir fuqarodan Janubiy Koreyaga ishga yuborish bahonasida pul olgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.