Xavf ostidagi shaharlar qatoriga Boston, Nyu-York, Filadelfiya, Baltimor, Vashington, Chikago, Minneapolis, Sent-Luis, Neshvill, Atlanta, Orlando va Klivlend kiradi.
Milliy meteorologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, dushanba kuni Chikagoda kunduzgi harorat 33°C bo‘lgan, biroq u 39°C kabi sezilgan. Chorshanbagacha eng yuqori harorat 38–43°C oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda. Ogayo shtati Deyton shahrida esa seziluvchi harorat 38°C ni tashkil etgan.
Nyu-Yorkda juma kuni harorat 35°C gacha ko‘tarilishi, issiqlik indeksi esa 106°F (41,1°C) bo‘lishi kutilmoqda. Vashington va Roli (Shimoliy Karolina shtati) shaharlarida hafta oxirida harorat 39°C gacha chiqib, issiqlik indeksi mos ravishda 108°F (42,2°C) va 107°F (41,6°C) ni tashkil etadi, deb xabar berdi Kazinform.