Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, poytaxtdagi qator bozor va savdo obyektlarida davlat yong‘in nazorati tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilgan.
Jumladan, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Navro‘z» dehqon bozori, Bektemir tumanidagi «
Shu sababli mazkur obyektlarning kamchiliklar aniqlangan qismlari elektr energiyasidan vaqtincha uzilgan. Bundan tashqari, «O‘rikzor» savdo kompleksining to‘qqizta bloki ham elektr ta’minotidan ajratilgan.
Yakkasaroy tumanida joylashgan «Askiya» dehqon bozori esa umumiy holati xavfsizlik talablariga javob bermagani uchun to‘liq elektr ta’minotidan uzilib, faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
Ma’lum qilinishicha, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgach, barcha obyektlarda elektr ta’minoti tiklanib, faoliyat qayta yo‘lga qo‘yiladi.
Vazirlik ta’kidlashicha, mazkur chora-tadbirlar tadbirkorlikka to‘sqinlik qilish uchun emas, balki favqulodda holatlarning oldini olish va aholi gavjum joylarda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.