Yong‘in o‘chiruvchilar tomonidan e’lon qilingan videoda pab kirish qismi alanga ichida qolgani, odamlar esa qutulishga harakat qilayotganini ko‘rish mumkin.
Bangkokdagi barda chiqqan yong‘in oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘ldi. Tailand bosh vaziri Anutxin Chanvirakun voqea joyida jurnalistlarga 27 nafar insonning vafot etganini tasdiqladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bir nechta jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan, hokimiyat esa yong‘inning kelib chiqish sababini aniqlamoqda. Muassasada chiqish qilgan musiqachining aytishicha, sahna yaqinidagi elektr qalqonidan tutun chiqqan, shundan so‘ng portlash yuz bergan.
Yong‘inning aniq sababi barcha zarur ekspertizalar yakunlanganidan keyin ma’lum bo‘ladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inni to‘liq nazorat ostiga olish uchun yong‘in o‘chiruvchilarga kamida yarim soat vaqt kerak bo‘lgan, deb xabar berdi Kazinform.
Bundan avval ham Tailandda shunday fojiali hodisalar sodir bo‘lgan. 2022-yilda mamlakatning sharqiy qismidagi musiqiy pabda chiqqan yong‘in oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan. 2009-yil Yangi yil kechasida esa Bangkokdagi Santika tungi klubida bino ichida otilgan feyerverk sababli chiqqan yong‘inda 66 kishi halok bo‘lib, 200 dan ortiq odam jarohatlangan.