Agentlik prognozlariga köra, demokratlar Senatda 54 ta, Vakillar palatasida esa 232 ta öringa ega bölişdi, respublikaçilar esa mos ravişda 44 ta va 139 ta örinni qölga kiritişdi.
Ayni paytda yuqori va quyi palatalar Respublikaçilar partiyasi nazoratida bölib, unda mos ravişda 53 va 219 örin mavjud.
AQŞ Prezidenti Donald Tramp oraliq saylovlar natijalarini tan olişga va demokratlar bilan hamkorlik qilişga tayyorligini bildirdi. U respublikaçilarning muvaffaqiyatliroq natija körsatişiga umid qilgan edi va mağlubiyat sabablarini Eron bilan boğliq ziddiyat tufayli benzin narxining oşgani bilan izohladi. Şu bilan birga, Oq uy rahbari partiyaning muvaffaqiyatsizligini uning şaxsiy mağlubiyati sifatida baholaş fikrini rad etdi.
Keça Qöşma Ştatlarda ovoz beriş jarayoni bölib ötdi. Saylovçilar Vakillar palatasining barça 435 aʼzosi, şuningdek, Senatdagi 100 örindan 35 tasi uçun ovoz berişdi, deb xabar berdi ria.ru.
Kongress ustidan nazorat demokratlarga Trampning qonunçilik taşabbuslarini tösib qöyiş, uning maʼmuriyati faoliyatini tekşiriş va davlat xarajatlarini çeklaş imkonini beradi. Senatdagi köpçilik örinlar ularga Prezident tomonidan davlat lavozimlariga körsatilgan nomzodlarni tasdiqlaşga yöl qöymaslik vakolatini ham taqdim etadi.
Saylov kunidan oldin prezident bunday natijaga tayyor ekanligini aytib, bu Amerika siyosatida tez-tez uçrab turadigan holat ekanligini taʼkidlagan edi.