Oʻzbekiston Badiiy akademiyasida sanʼat bayrami oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda mutasaddilar tomonidan festivalga tayyorgarlik ishlari va oʻtkazish bilan bogʻliq maʼlumotlar berildi.

Prezidentimiz oʻtgan yili aprel oyida Andijon viloyatiga tashrifi chogʻida Bobur shahri milliy madaniyat va sanʼatimiz, oʻzbekona mehmondoʻstlik, bagʻrikenglik va hamkorlikni aks ettiradigan oʻziga xos koʻzgu boʻlishi zarurligini taʼkidlab, bu yerda Рrassomlar festivalini oʻtkazishni taklif qilgan edi. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi “Andijon viloyati Bobur shahrida rassomlar festivalini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, festivalni har ikki yilda bir marta tashkillashtirish belgilandi.

Uchinchi Renessansni oʻz oldiga katta maqsad qilib qoʻygan Яyangi Oʻzbekistonda milliy tasviriy va amaliy sanʼatni rivojlantirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda, – deydi Badiiy akademiya raisi Akmal Nuriddinov. – Davlat rahbari va hukumatning tasviriy va amaliy sanʼat sohasiga bunday eʼtibori natijasida xalqaro jamoatchilikka yurtimizning milliy badiiy boyliklarini hamda musavvirlar ijod namunalari va yutuqlarini koʻrsatishga keng imkoniyat yaratildi. Mamlakatimizda birinchi marta boʻlib oʻtadigan Рrassomlar festivali ham nufuzli sanʼat anjumanlari qatoridan joy oladi.

Mutasaddilarning taʼkidlashicha, yosh isteʼdodlarni milliy oʻzlikni anglash gʻoyalarini tarannum etuvchi yorqin asarlar yaratishga undovchi muhit yaratish, soha rivojiga munosib hissa qoʻshayotgan tajribali ijodkorlar, isteʼdodli rassomlarni aniqlash, ularni maʼnaviy hamda moddiy ragʻbatlantirib borish, jahon sanʼat maydonida munosib oʻrin egallashga intilishlarini qoʻllab-quvvatlash festivalning asosiy maqsadi sanaladi.

Bundan tashqari, oʻzbek tasviriy sanʼatining turli yoʻnalishlarini yanada rivojlantirish, xalqimizning ushbu nafis sanʼatga boʻlgan estetik ehtiyojini qondirish, ijodkorlarga zarur shart-sharoit yaratib, ularning badiiy salohiyatini oshirish, tasviriy sanʼatimizning oʻziga xos jihatlari, anʼana va yutuqlarini xalqaro hamjamiyatga namoyish qilish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratiladi.

– Qolaversa, Bobur shahrini yoshlar uchun ilhom, ijodiy parvoz maskaniga, yurtimizning yana bir turizm va madaniyat markaziga aylantirish, sayyohlik salohiyatini yuksaltirishda ushbu festivalning ahamiyati yuqori boʻladi, – deydi Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi Ibrohim Valixoʻjayev. – Festivalda Qoraqalpogʻiston va viloyatlardan 200 нафарга яқин tasviriy sanʼatning rangtasvir, badiiy foto, haykaltaroshlik va grafika yoʻnalishlarida tajribaga ega 200 nafarga yaqin ijodkorлар ishtirok etadi.

Shuningdek, festival doirasida tasviriy sanʼat yoʻnalishi boʻyicha ijodiy asarlar koʻrgazmasi, taniqli va iqtidorli ijodkorlar ishtirokida mahorat darslari, TURKSOY bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, пленэрлар, amaliy sanʼat va hunarmandчиlik koʻrаgazmalari, milliy va tarixiy liboslar, badiiy dasturlar namoyishi tashkil etiladi.

Festival gʻoliblari Oʻzbekiston Республикаси Prezidenti sovgʻasi sifatida yengil avtomobil, diplom, festival ramziy haykalchasi va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Nodir MAHMUDOV,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri