Shunday fojiali voqealardan biri joriy yilning 5 may kuni Davlatobod tumanida sodir boʻlib, 2013 yilda tugʻilgan voyaga yetmagan bola halok boʻldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bolalar ombudsmanining qayd etishicha, yuqori kuchlanishda ishlaydigan elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda aholi, ayniqsa bolalar xavfsizligini taʼminlash masʼul tashkilotlar zimmasidagi muhim vazifa hisoblanadi.
Mazkur kabi fojiali holatlarning oldini olish maqsadida Bolalar ombudsmani tomonidan vakolatli davlat organlariga bolalar xavfsizligiga oid standartlarga qatʼiy rioya etilishini nazorat qilish va zarur choralar koʻrish boʻyicha tegishli taʼsir hujjati kiritildi.