Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, inspeksiyaning yozma koʻrsatmasiga asosan stadion binolari va inshootlaridan foydalanish direksiyasida faoliyat yuritayotgan 49 nafar texnik xodimning jami 867 million soʻm miqdoridagi ish haqi qarzdorligi toʻliq undirib berilgan.

Qarzdorlik qorovul, santexnik, farrosh va elektrchi kabi texnik xodimlarning bir necha oylik maoshlarini qamrab olgan.

Avvalroq xodimlar oylik maoshlarining uzoq vaqt toʻlanmayotgani sababli ommaviy axborot vositalariga murojaat qilgan edi. Ularda ayrim xodimlar kredit toʻlovlari va kundalik ehtiyojlarini taʼminlashda qiyinchilikka uchrayotgani qayd etilgan.

Stadion maʼmuriyati oyliklarning kechikishini moliyaviy manbalardagi oʻzgarishlar bilan izohlagan. Davlat mehnat inspeksiyasi aralashuvidan soʻng mazkur muammo bartaraf etildi.