Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 15 aprel kuni 1981 yilda tug‘ilgan haydovchi Chery rusumli avtomobilda Alpomish ko‘chasida harakatlanib ketayotgan vaqtda piyodalarni o‘tkazish uchun to‘xtab turgan Chevrolet Onix avtomobilining orqa qismiga urilgan.
To‘qnashuvdan so‘ng haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, qarshi yo‘nalishda piyodalarga yo‘l berib turgan Chevrolet Lacetti bilan ham to‘qnashgan. Shu jarayonda u piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 2021 yilda tug‘ilgan bolanini urib yuborgan.
Haydovchi harakat davomida yana bir avtomobilga zarar yetkazib, voqea joyidan yashiringan. Olib borilgan surishtiruvlar davomida uning transport vositasini spirtli ichimlik ta’sirida boshqargani aniqlanib, holat belgilangan tartibda rasmiylashtirildi.
Hodisa yuzasidan haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 131-modda asosida ma’muriy bayonnoma tuzildi. Unga nisbatan kamida 3 yilga haydovchilik huquqidan mahrum etish hamda bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha jarima qo‘llanishi mumkin.
Ayni vaqtda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari davom etmoqda.