Davlat xavfsizlik xizmatiғing Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari viloyat bojxona va ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda kontrabanda yo‘li bilan mamlakatga olib kiritilgan giyohvandlik moddasi aniqlandi.
Tezkor ma’lumot asosida Urgut tumanida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan fuqaroning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, u hovlisiga sof og‘irligi 4 kilogramm 988 gramm bo‘lgan opiy moddasini ko‘mib qo‘yganК aniqlanьi. Taqiqlangan modda ashyoiy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Ikkinchi holat Xorazm viloyatida aniqlandi. Davlat xavfsizlik xizmatiғing viloyat boshqarmasi, bojxona va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘shni davlatdan olib kelingan giyohvandlik moddasi fosh etildi.
«Surxondaryo — Xorazm» yo‘nalishida harakatlanayotgan «Kobalt» rusumli avtomobil «Sarimoy» blok-postida to‘xtatildi. Avtomobilda Termiz shahrida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro bo‘lgan.
Ularning mobil telefonlari ko‘zdan kechirilganda, A380 xalqaro avtomobil yo‘lining Buxoro viloyati Romitan tumani hududidan o‘tuvchi qismida giyohvandlik moddasi yashirilgani ma’lum bo‘ldi. Ko‘rsatilgan joydan 539 gramm opiy moddasі olindi.
Aniqlanishicha, gumonlanuvchilar giyohvandlik moddasini Xorazm viloyatida sotishni rejalashtirgan.
Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.