Nizomga ko‘ra, chet el fuqarosi maxsus soliq rejimini taqdim etish bo‘yicha YAIDXP (my.gov.uz), Elektron soliq xizmatlari portali orqali yoxud Davlat xizmatlari markazlari orqali ariza taqdim etadi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
chet el pasportining nusxasi;
O‘zbekistonda bo‘lish muddatini tasdiqlovchi hujjat (viza yoki boshqa hujjatlar).
Soliq qo‘mitasi Maxsus soliq rejimini taqdim etish komissiyasining arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha xulosasi yuzasidan 1 ish kunida chet el fuqarosiga xabarnoma yuboradi.
Ijobiy xulosa bo‘yicha xabarnoma olgan chet el fuqarosi bank hisobvarag‘i yoki kripto-hamyon ochadi hamda 50 ming AQSh dollari miqdorida maxsus yig‘imni to‘laydi.
Maxsus soliq rejimi belgilangan talablarni bajargan chet el fuqarolari va ularning voyaga yetgan yaqin qarindoshlariga arizada ko‘rsatilgan soliq davri uchun, biroq 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi.