Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi va Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda "B.I." MCHJ mas’ul shaxslari Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududidan oqib o‘tuvchi “Chirchiq” daryosi o‘zanidan maxsus texnikalar yordamida tegishli ruxsatnoma olmasdan 101,2 ming m3 noruda foydali qazilma hisoblangan qum-shag‘al xom ashyosini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,9 trln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.