Festival Visit Malaysia 2026 (VM2026) milliy turizm kampaniyasi doirasida tashkil etilib, har yili mamlakatning barcha shtatlaridan ishtirokchilarni birlashtiradi hamda Malayziyaning boy milliy an’analari, san’ati, oshxonasi va madaniy merosini namoyish etadi.
Bu yilgi festival "The Rhythm. The Soul. The Nation." ("Ritm. Ruh. Millat.") shiori ostida o‘tkaziladi. Ushbu shior Malayziyaning madaniy xilma-xilligi va xalqining birdamligini ifodalaydi. Tashkilotchilar prognoziga ko‘ra, festivalga har kuni mahalliy aholi va xorijiy sayyohlarni o‘z ichiga olgan 50 mingga yaqin mehmon tashrif buyuradi.
Festivalning to‘rtta asosiy maydoni
Uch kun davomida tashrif buyuruvchilar Malayziyaning madaniy merosi bilan quyidagi to‘rtta tematik hudud orqali tanishishlari mumkin:
Colours of Parade — mamlakatning barcha hududlaridan kelgan artistlar, musiqachilar va raqs jamoalari ishtirokidagi ulkan madaniy parad;
Colours of Flavour — Malayziyaning milliy taomlari va gastronomik an’analariga bag‘ishlangan maydon;
Colours of Culture — folklor chiqishlari, mahorat darslari, milliy hunarmandchilik va interaktiv madaniy dasturlar;
Colours of Art — amaliy san’at ko‘rgazmalari, hunarmandchilik namoyishlari hamda mahalliy ustalar ishlari.
Festivalning eng muhim voqeasi 25-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Colours of Parade bo‘ladi. Shu kuni Dataran Merdeka maydoni ochiq osmon ostidagi ulkan sahnaga aylanib, Malayziyaning turli hududlaridan kelgan yuzlab ishtirokchilar musiqa, raqs, teatrlashtirilgan chiqishlar va milliy liboslar orqali mamlakatning boy madaniyatini namoyish etadilar.
25 yildan ortiq tarixga ega festival
Citrawarna, ya’ni Colours of Malaysia, ilk bor 1999-yilda Malayziyaning madaniy merosi, san’ati va turizm salohiyatini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan.
O‘tgan yillar davomida festival mamlakatning eng muhim milliy tadbirlaridan biriga aylanib, madaniy an’analarni asrash va Malayziyani jozibador sayyohlik yo‘nalishi sifatida dunyoga tanitishga xizmat qilib kelmoqda.
Festival Tourism Malaysia tomonidan davlat va soha hamkorlari ko‘magida tashkil etiladi. Madaniy dasturlardan tashqari, tadbir turizm, mehmonxona biznesi va kichik biznes rivojiga hissa qo‘shadi hamda barqaror turizm tamoyillarini ilgari suradi.
Malayziyani yangi nigoh bilan kashf etish imkoniyati
O‘zbekistonlik sayohatchilar uchun Citrawarna 2026 Malayziyaning madaniy xilma-xilligini bitta safar davomida yaqindan kashf etish imkoniyatini yaratadi. Festival mamlakatning barcha shtatlari an’analarini birlashtirib, mehmonlarga milliy raqslar, musiqiy chiqishlar, hunarmandchilik namunalari va Malayziyaning turli hududlariga xos taomlarni tatib ko‘rish imkonini beradi.
Shuningdek, festival Kuala-Lumpur va Malayziyaning boshqa mashhur sayyohlik maskanlariga tashrifni mamlakatning eng muhim madaniy tadbirlaridan biri bilan uyg‘unlashtirish imkonini yaratadi.
Visit Malaysia 2026
Festival Malayziya Turizm, san’at va madaniyat vazirligi (MOTAC) huzuridagi Tourism Malaysia tomonidan amalga oshirilayotgan Visit Malaysia 2026 milliy kampaniyasi doirasida o‘tkaziladi.
Mazkur kampaniya Malayziyani Osiyoning yetakchi turistik yo‘nalishlaridan biri sifatida targ‘ib etish, barqaror turizmni rivojlantirish hamda mamlakatning boy tabiiy va madaniy merosini xalqaro miqyosda keng ommalashtirishga qaratilgan.
Tourism Malaysia haqida
Tourism Malaysia - Malayziya Turizm, san’at va madaniyat vazirligi (MOTAC) huzuridagi milliy turizmni targ‘ib qilish agentligi bo‘lib, Malayziyani xalqaro bozorlarda ommalashtirish hamda Visit Malaysia 2026 global kampaniyasini amalga oshirish orqali xorijiy sayyohlar oqimini oshirish va barqaror turizmni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
«New Stage Advisory Tashkent» MChJ
Reklama huquqi asosida