Tashabbusdan asosiy maqsad yo‘llar va dalalarni toza saqlash, shuningdek, chiqindilarni belgilangan joyga tashlash madaniyatini shakllantirishdan iborat.

Vazirlik fuqarolarga safar davomida plastik idishlar va boshqa chiqindilarni avtomobil salonida saqlash, xavfsiz joyda to‘xtaganidan so‘ng ularni maxsus qutilarga tashlashni tavsiya qilmoqda.

Shu bilan birga, harakatlanayotgan avtomobildan chiqindi tashlamaslik, yo‘l harakati xavfsizligiga rioya qilish zarurligi ta’kidlangan.

Fermerlar va mahalliy hokimliklarga esa chiqindi qutilarini yo‘lovchilar xavfsiz foydalana oladigan joylarga o‘rnatish hamda ularni muntazam ravishda bo‘shatib turishni tashkil etish taklif qilingan.

Tashabbus orqali qishloq hududlarida sanitariya va ekologik madaniyatni yuksaltirish, dalalarni chiqindilardan asrash maqsad qilingan.