Energetika vazirligi maʼlum qilişiça, ayni paytda Toşkent şahriga tabiiy gaz yetkazib beruvçi quvurlarning kiriş nuqtalarida gaz bosimi oşirilgan.
Vazirlik gaz taqsimlaş tarmoqlaridagi bosim yaqin 2–3 soat davomida bosqiçma-bosqiç kötarilib, isteʼmolçilarning tabiiy gaz taʼminoti meʼyorga keltirilişini bildirgan.
Şu munosabat bilan aholidan gaz jihozlaridan foydalanişda ehtiyotkor böliş, ularning sozligini tekşiriş va xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya etiş söraldi.
«Yuzaga kelgan noqulayliklar uçun isteʼmolçilarimizdan uzr söraymiz», — deyiladi vazirlik bayonotida.