Davlat rahbari ilk bor dunyoning eng nufuzli 50 nafar musulmoni röyxatidan joy oldi.

«The Muslim 500» naşrining 2027-yilgi sonida Şavkat Mirziyoyevning faoliyati bir qator yönalişlar böyiça yoritilgan. Xususan, mamlakatda amalga oşirilayotgan iqtisodiy islohotlar, oçiq taşqi siyosat, Markaziy Osiyo davlatlari bilan mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş borasidagi saʼy-harakatlar qayd etilgan.


Şuningdek, Özbekistonning boy islomiy va madaniy merosini asrab-avaylaş, ilmiy örganiş hamda xalqaro miqyosda tarğib qilişga qaratilgan işlarga alohida eʼtibor berilgan.

Maʼlumot uçun, «The Muslim 500» reytingi 2009-yildan buyon har yili Iordaniyaning Amman şahrida faoliyat yurituvçi Qirollik islom strategik tadqiqotlar markazi tomonidan tayyorlanadi. Naşr musulmon dunyosida siyosiy, iqtisodiy, diniy, ilmiy, madaniy va ijtimoiy jarayonlarga taʼsir körsatayotgan 500 nafar şaxsni qamrab oladi.

Reytingning dastlabki 50 iştirokçisiga aniq örinlar beriladi, qolgan 450 nafar şaxs esa faoliyat yönalişlari böyiça guruhlarga ajratiladi.