Yangi tartibga ko‘ra, 6 oylik uzluksiz sug‘urta stajini hisoblashda mehnat munosabatlari saqlanib qolgan holda ish haqi to‘lanmagan oylar, jumladan, o‘z hisobidan olingan ta’til hamda kasallik davri sug‘urta stajining uzilishiga sabab bo‘lmaydi.
Shuningdek, kam maosh oluvchi va to‘liq bo‘lmagan stavkalarda ishlovchi xodimlarning ham sug‘urta staji hisobga olinadi. Agar oylik ish haqi mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravari yoki undan ko‘p bo‘lsa, 1 oylik, bir baravardan kam bo‘lsa, yarim oylik sug‘urta staji sifatida hisoblanadi.
Tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq farzand tug‘ilgan holatlarda dekret ta’tili uzaytirilsa, qo‘shimcha nafaqa avvalgi hisob-kitob ko‘rsatkichlari asosida belgilanadi. Bu nafaqa miqdorining asossiz kamayib ketishining oldini oladi.
Yangi tartib natijasida qo‘shimcha 3 ming nafaraga yaqin ayolda dekret nafaqasini olish huquqi paydo bo‘ladi.
Muhimi, mazkur o‘zgarishlar 2026-yil 13-maydan boshlab yuzaga kelgan sug‘urta hodisalariga ham tatbiq etiladi.