“Birinchi bo‘limda juda ko‘p energiya sarfladik. Bugungacha bizning jismoniy holatimiz yaxshi edi. Raqibimiz ham bu tomonlama yaxshi shakllangan jamoa. Biz o‘yindan oldin to‘pni nazorat qilmasak, qiyin bo‘lishini bilardik. Ikkinchi bo‘limda xatolar qildik va shu sababli gollar o‘tkazib yubordik.

Bugun birinchi taymni juda ham yaxshi boshladik, ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Ikkinchi bo‘limda esa xatolar qila boshladik.

Jahon chempionati men uchun ham, futbolchilar uchun ham katta tajriba bo‘ldi. o‘ylaymanki, bu kelajakda bizga katta motivatsiya beradi.

Albatta, futbolchilar bilan juda ko‘p muloqot qildim. Guruhimizda ham kuchli jamoalarga qarshi o‘ynashimiz kerakligini bilardik. Lekin ushbu natijadan afsusdamiz.

Ha, biz xatolar qildik. Biroq men futbolchilardan umuman shikoyat qilmoqchi emasman. Ular qo‘lidan kelgan hammasini qildi va men ular bilan faxrlanaman”.