Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.R. “Dilkusho” MFY hududidagi xonadonida xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan umumiy bahosi 48 mln so‘mlik 300 dona pirotexnika mahsulotini saqlab kelayotganligi aniqlanib, pirotexnika mahsuloti ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.