Ulardan 19 nafari noqonuniy buyum va ashyolarni saqlab kelganligi aniqlandi.
Shuningdek, 11 nafar shaxs kelgusida huquqbuzarlik sodir etmasligi toʻgʻrisida ogohlantirildi.
9 nafar shaxslar harakatida jinoyat tarkibi, 11 nafarida maʼmuriy huquqbuzarlik holatlari aniqlanib hujjatlar rasmiylashtirildi.
Tadbir doirasida 12 ta sovuq qurol, 116,4 gramm giyohvandlik vositalari, 187 dona kuchli taʼsir qiluvchi moddalar, 1 dona ov quroli, 2 dona pnevmatik qurol va boshqa buyumlar olindi.
Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamiyat osoyishtaligi hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan tezkor-profilaktik tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.