Bu esa, öz navbatida, suv kutayotgan fermer va dehqon xöjaliklari uçun ham muhim.
Tantanali tadbirda Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Suv xöjaligi vazirligi vakillari, tizim taşkilotlari rahbarlari hamda soha masʼullari iştirok etdi.
Sönggi yillarda viloyatda suv resurslaridan samarali foydalaniş va ularning isrofini kamaytiriş böyiça qator işlar amalga oşirildi. Xususan, 2020–2026-yillarda 181,7 ming gektar maydonda suv tejovçi texnologiyalar joriy qilindi, 3 870 ta suv xöjaligi obyekti raqamlaştirildi. Kanal va ariqlarning 4 585 kilometri betonlaştirildi.
Bu işlar natijasida 350 million kub metr suv va 16,1 million kilovatt-soat elektr energiyasi tejaldi. Şuningdek, 180 ming gektar maydonning suv taʼminoti, 135 ming gektar yerning meliorativ holati yaxşilandi.
Işlar joriy yilda ham davom ettirilmoqda. Yil boşidan buyon 45,8 ming gektar maydonda suv tejovçi texnologiyalar joriy qilinib, bu orqali yiliga qöşimça 109,9 million kub metr suvni tejaş imkoniyati yaratildi.
Biroq suvni tejaş faqat zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş yoki kanallarni betonlaştiriş bilan çeklanmaydi. Uni manbadan ekin maydonigaça öz vaqtida va belgilangan meʼyor asosida yetkaziş ham muhim. Bu jarayonda tumanlardagi «Suv yetkazib beriş xizmati» davlat muassasalari xodimlari asosiy vazifani bajaradi.
Yangi avtomobillar aynan şu işlarni tezkor taşkil etişga xizmat qiladi. Xodimlar kanal va ariqlarning holatini nazorat qiliş, suv taqsimotini joyida örganiş, nosozliklarni aniqlaş hamda isteʼmolçilar murojaatlariga tezroq javob beriş imkoniyatiga ega böladi.
Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov fermer va dehqon xöjaliklariga suvni öz vaqtida hamda belgilangan meʼyorlar asosida yetkazib beriş ustuvor vazifa ekanini taʼkidladi.
Şundan söng xizmat avtomobillarining kalitlari «Suv yetkazib beriş xizmati» davlat muassasalari rahbarlariga topşirildi.