Davlat xavfsizlik xizmatining Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazgan tezkor tadbirda mazkur holat aniqlangan.

Maʼlum boʻlishicha, Dangara tumanida faoliyat yurituvchi turfirma xodimi “Umra” ziyoratini tashkil etish boʻyicha tegishli litsenziyaga ega boʻlmagan.

Shunga qaramay, u 4 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga yuborish uchun 4400 AQSH dollari talab qilgan. Talab qilingan mablagʻdan 1100 dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.