O‘zbekiston milliy terma jamoasi Iordaniya, Bahrayn va Shimoliy Koreya bilan birga "B" guruhidan joy oldi. Musobaqa kelasi yilning yanvar oyida start oladi.
9-may kuni Ar-Riyod shahrida futbol bo‘yicha 2027-yilgi Osiyo kubogi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan musobaqada Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa Bahrayn, KXDR va Iordaniya kabi jamoalar bilan birga "B" guruhdan joy oldi.
Guruhlar tarkibi:
A guruhi
Saudiya Arabistoni;
Kuvayt;
O‘mon;
Falastin.
B guruhi
O‘zbekiston;
Bahrayn;
KXDR;
Iordaniya.
C guruhi
Eron;
Suriya;
Qirg‘iziston;
Xitoy.
D guruhi
Avstraliya;
Tojikiston;
Iroq;
Singapur.
E guruhi
Janubiy Koreya;
BAA;
Vetnam;
Livan/Yaman.
F guruhi
Yaponiya;
Qatar;
Tailand;
Indoneziya.
Ma’lumot uchun, musobaqa 2027-yilning 7-yanvaridan 5-fevraliga qadar bo‘lib o‘tadi. Unda 24 ta terma jamoa 6 guruhga bo‘lingan holda qit’a chempionligi uchun kurash olib boradi. O‘yinlar mamlakatning uchta shahri — Ar-Riyod, Jidda va Dammamdagi sakkizta stadionda bo‘lib o‘tishi reja qilinmoqda.