Germaniya banki delegatsiyasi “Oʻzbeknenftgaz” AJda ayni paytda amalga oshirilayotgan loyihalar, transformatsiya jarayonlari, iqtisodiy barqarorlikka erishish borasida tatbiq etilayotgan islohotlar bilan tanishtirildi.
Shuningdek, xorijiy bank tomonidan kredit loyihalari riskini hisobga olish, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan sindikatlashgan kredit loyihasining joriy holati va “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan xalqaro moliya bozoriga joylashtirilgan yevrobondlar boʻyicha tahliliy maʼlumotlar berildi.
Ayni paytda “Deutsche Bank AG” tomonidan “Oʻzbekneftgaz” AJ bilan axborot almashish tezkorligini yoʻlga qoʻyish maqsadida elektron platforma yaratish boʻyicha konsepsiya loyihasi tayyorlanyapti. Kelgusida ushbu platforma Oʻzbekiston investitsiya bozori jozibadorligini oshirish va sarmoyadorlarni jalb etish, bank tomonidan taklif etiladigan moliyaviy instrumentlarni muhokama etish maydoniga aylanadi.
Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikni rivojlantirish va qoʻshma loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha aloqalarni yanada kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.
Maʼlumot oʻrnida: “Deutsche Bank AG” aktivlari boʻyicha Germaniyadagi eng yirik banklardan biri hisoblanadi. Valyuta bozorining asosiy ishtirokchisi boʻlgan bank dunyoning 59 davlatidagi filial va vakolatxonalari orqali 28 million mijozga xizmat koʻrsatib kelyapti.
Germaniya banki bilan axborot almashish uchun elektron platforma yaratiladi
“Oʻzbekneftgaz” AJ va Germaniyaning “Deutsche Bank AG” vakillari oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Toşkent viloyati soliq boşqarmasi xodimi pora olayotganda qölga tuşdi
- Toşkentda boks böyiça Jahon kubogining final bosqiçi boşlanadi
- Vazir örinbosari issiqlik taʼminoti uzluksiz bölişiga kafolat beradimi?
- Navoiyda oltin zarralari mavjud toğ jinslarini noqonuniy qazib olgan 23 nafar şaxs uşlandi
- Olmazorda tadbirkorlik subyektini noqonuniy tekşirgan soliq xodimiga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
- Özbekiston U-17 terma jamoasi jahon çempionati pley-off bosqiçiga yöl oldi
Suyukli nabiram Shavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub
- 5 million tonna paxta haqidagi hisobotga ijtimoiy tarmoqlarda şubha bildirildi: vazirlik izoh berdi
- 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov: maşğulotlar qayerda ötkaziladi va kim dars beradi?
- Maişiy gaz ballonlarini qayerda töldiriş mumkin?
- Namanganda noqonuniy ovlangan baliqlar uçun 1 mlrd 25 mln söm zarar hisoblandi
- Ziroat Mirziyoyeva Iordaniyadagi 800 nafar ayolni iş bilan taʼminlayotgan loyiha bilan tanişdi