Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi, 1975-y.t. shaxs aldov yo‘li bilan 1996-y.t. fuqaroning ishonchiga kirib, tanishlari orqali uni va 1964-y.t. onasini bu yilgi "Haj" mavsumida Saudiya Arabistoniga ziyoratga yuborish evaziga har biri uchun 9 ming AQSh dollaridan, jami 18 ming dollar talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi va IJQK Departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u oldindan 9 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.