3 noyabr, shanba kuni kechqurun qoplon uyga kirib, xonadonning olti a’zosiga hujum qildi. Oila hayvonni xonalardan birida tezda qamab qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Politsiya, o‘rmon xo‘jaligi xodimlari va qutqaruvchilar tez orada voqea joyiga yetib kelishdi, hayvonni zararsizlantirishdi va uni binodan olib chiqishdi.
Barcha jabrlanuvchilar shoshilinch shifoxonaga yotqizildi. Ulardan uch nafari og‘ir jarohat oldi, deb xabar berdi mir24.tv.
Ushbu voqeadan bir kun oldin yaqin atrofdagi o‘rmonda qoplon hujumi oqibatida bir kishi jarohat olgandi. Times of India gazetasining xabar berishicha, bu hayvon o‘sha hayvonmi yoki yo‘qmi, noma’lumligicha qolmoqda.