Bu haqda UzA nashri xabar berdi.

Majmua buyuk sarkardening hayoti va merosini keng targʻib qilish, shuningdek, hududning sayyohlik salohiyatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Loyihaga koʻra, majmuaning markazida Amir Temur haykali oʻrnatiladi. Uning atrofida zamonaviy bogʻ, muzey, kutubxona, madrasa, mehmonxona, hunarmandchilik va zargarlik doʻkonlari, milliy taomlar maskani, istirohat bogʻlari, favvoralar hamda tarixiy uslubdagi bosh kirish arkasi barpo etiladi.


Shuningdek, majmua hududida Amir Temurning bolalik haykali, Amir Temur otasining hovlisi, choy tarqatish inshootlari, umumiy ovqatlanish joylari, mehmonxona va boshqa obyektlar joylashtirilishi koʻzda tutilgan.

Mazkur majmua aholi, mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun tarixiy-maʼrifiy hamda turistik maskanga aylanishi rejalashtirilgan. U milliy merosni targʻib qilish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Yakkabogʻ tumanining turistik jozibadorligini yanada oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.