Tez oʻzgarayotgan dunyoda ilm-fanning qadri uning qanchalik koʻp kitoblardaa ks etgani bilan emas, balki insonlar hayotini qanchalik ijobiy tomonga oʻzgartirgani bilan oʻlchanmoqda. Gap shundaki, uzoq yillar ilmiy faoliyat deganda faqat dissertatsiya himoya qilish, akademik unvon olish va kutubxonalar uchun qalin jildli kitoblar yozish tushunib kelindi.
Natijada nazariya va hayot
oʻrtasida ulkan uzilish paydo boʻldi. Biroq tarix guvohlik beradiki, insoniyat
erishgan eng buyuk yutuqlar aynan nazariya va amaliyotning jipslashgan nuqtasida
tuʻgʻilgan. Shu sababli bugungi davr talabi “ilmiy ish ilmiy ish uchun” emas, balki
“hayot uchun ilm” tamoyilidir. Bu tamoyil olimlardan bilim toʻplashdan tashqari
jamiyatning eng ogʻriqli muammolariga real yechim topishni talab qiladi. Ilm-fanning
amaliyot bilan uygʻunligi uchta muhim yoʻnalishda strategik ustunlik beradi.
Birinchidan, ijtimoiy
muammolarning tezkor yechimi. Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ekologiya kabi
sohalardagi muammolar faqat kabinetda oʻtirib emas, balki real vaziyatni ilmiy
tahlil qilish orqali hal etiladi.
Ikkinchidan, innovatsiya va
raqobatbardoshlikni yuzaga keltiradi. Yangi texnologiyalar hamda boshqaruv usullari
kundalik ehtiyojlardan kelib chiqib yaratilgandagina davlat jahon bozorida
raqobatbardosh boʻla oladi.
Uchinchidan, yosh olimlar
masʼuliyatini oshiradi. Tadqiqotchi oʻz ishining natijasi qaysidir korxona yoki
sohada qoʻllanishini bilsa, uning jamiyat oldidagi masʼuliyati va ishtiyoqi bir necha
barobar ortadi.
Prezidentimiz
taʼkidlayotgan eng muhim jihatlardan biri muammoni joyida oʻrganishdir. Haqiqiy
olim — hayotning ichiga kirib borgan inson. Qishloq xoʻjaligi olimi dalada fermer
bilan elkama-elka turishi, taʼlim sohasi tadqiqotchisi esa maktab partasidagi
muhitni his qilishi shart. Shundagina ilmiy ish naf keltiradigan kuchga aylanadi.
Germaniya,
Janubiy Koreya va Singapur kabi davlatlarning iqtisodiy moʻjizasi zamirida aynan
universitetlar va ishlab chiqarish oʻrtasidagi mustahkam koʻprik yotadi. Ularda har
bir ilmiy gʻoya bozorda yoki ijtimoiy sohada oʻz aksini topmasa, u toʻliq qiymatga
ega deb hisoblanmaydi. Shuning uchun bugun yangi Oʻzbekistonda ham ilmiy
tadqiqotlarni baholash mezonlari tubdan oʻzgarmoqda. Endi asosiy eʼtibor
maqolalar soniga emas, balki oʻsha tadqiqotning amaliy ahamiyatiga qaratilmoqda.
Davlat tomonidan yaratilayotgan innovatsion markazlar, startaplar va ilmiy
grantlar aynan ilmni hayotga yaqinlashtirishga xizmat qilmoqda. Ilm esa jamiyatni
harakatga keltiruvchi kuch. Agar u amaliyotdan uzilsa, oʻz mohiyatini yoʻqotadi.
Insoniyat tarixida ilm-fan
rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk muhaddis Imom Buxoriyning ilmiy merosida
markaziy oʻrinlardan birini ilm va amal uygʻunligi gʻoyasi egallaydi. Bugungi kunda
“ilm hayot uchun xizmat qilishi kerak” degan tamoyil aynan Imom Buxoriyning bundan
oʻn bir asr oldin ilgari surgan taʼlimotlari bilan hamohangdir. Imom Buxoriy
oʻzining shoh asari boʻl-mish “Sahihul Buxoriy”da alohida bir bobni “Ilm soʻz va
amaldan oldindir” deb nomlagan. Bu nafaqat diniy, balki dunyoviy taraqqiyotning
ham oltin qoidasidir. U zotning fikricha, ilmsiz amal — xato. Toʻgʻri bilimga
tayanmagan har qanday harakat adashishga yoki samarasiz natijaga olib keladi.
Amalsiz ilm — samarasiz. Ilm insonning zehnida yoki qogʻozda qolib ketsa, u xuddi
meva bermaydigan daraxt kabi foydasiz. Inson, avvalo, toʻgʻri ilmga ega boʻlishi,
soʻngra mana shu ilm asosida soʻzlashi va ish tutishi lozim. Bu jamiyatda tartibsizlik
va yuzakilikning oldini oluvchi asosiy omildir.
Imom
Buxoriy taʼlimotiga koʻra, haqiqiy olim faqat koʻp maʼlumot toʻplagan shaxs emas,
balki bilgani-ga amal qilgan ins ondir. Ilm insonning axloqini tarbiyalashi, uning
ichki dunyosini oʻzgartirishi kerak. Agar ilm amalga aylanmasa, u shunchaki
maʼlumotlar toʻplami boʻlib qolaveradi va uning jamiyatga taʼsiri sezilmaydi. Bu
gʻoya bugungi kun olimlari, rahbarlari va tadqiqotchilari uchun juda katta
masʼuliyat yuklaydi. Har bir ilmiy izlanishning ortida insoniyat manfaati va amaliy
foyda boʻlishi shart. Bugungi shiddatli taraqqiyot davrida Imom Buxoriyning ilm va
amal haqidagi qarashlari yangicha mazmun kasb etmoqda. Eng avvalo, bugungi dunyoda
faqat bilish yetarli emas, bilimni iqtisodiyotga, ishlab chiqarishga va ijtimoiy
farovonlikka aylantirish — davr talabi.
Hayot boshqaruvida ham
rahbarlardan muammoga ilmiy yondashuv bilan qarashni taqozo etayotir. Zamonaviy
dunyoda boshqaruv sanʼati shunchaki intuitsiya yoki tajribaga tayanishdan
chekinmoqda. Bugungi kun rahbaridan qat’iyatdan tashqari
muammoning ichki mohiyatini ilmiy asosda anglash salohiyati talab etilmoqda.
Zamonaviy boshqaruv nazariyasida “ilmiy-amaliy sintez” deb ataluvchi konsepsiya —
rahbarning ilmiy tahlil va empirik (hayotiy) tajribani bir nuqtada birlashtira
olishi samaradorlikning bosh mezoniga aylandi. Ilmiy yondashuv muammoni dalillar
bilan tekshirish va tizimli xulosa chiqarishni oʻrgatadi.
Ilmiy salohiyat va amaliy
ishtirokning uygʻunligi rahbarga tizimni “ichidan” koʻrish imkonini beradi.
Singapur bosh vaziri Li Kuan Yu aynan shu tamoyilni davlat boshqaruviga olib kirdi.
U islohotlarni faqat nazariy manbalardan izlamadi, “joyida tekshirish” orqali
amalga oshirdi. Natijada nazariya va hayot oʻrtasidagi masofa maksimal darajada
qisqardi. Ilmiy darajaga ega rahbarlarda uzoq muddatli rejalashtirish va
institutsional xotira kuchli rivojlangan boʻladi.
Tadqiqot bilan
shugʻullangan rahbarlar yangilikka ochiq va ijtimoiy adolat masalalarida oʻta sezgir
boʻlishi bor gap. Iqtisodchi olim, Nobel mukofoti sovrindori Amartiya Sen
tomonidan ilgari surilgan “inson kapitalini rivojlantirish” nazariyasi bugungi
kunda koʻplab rivojlangan davlatlarning boshqaruv strategiyasiga asos boʻlmoqda.
Uning fikricha, davlatning vazifasi shunchaki YAIMni oshirish emas, balki insonning
qobiliyati va erkinliklarini kengaytirishdir.
Yurtimizdagi
korxonalarni ilmiy-innovatsion rivojlantirish borasidagi siyosat va strategik
tashabbuslar ham har tomonlama ilmiy asosda rivojlanishni koʻzda tutadi. Zero,
bugungi kunda global iqtisodiy maydonda faqat tabiiy resurslarga tayanganlar
emas, balki intellektual salohiyat va innovatsiyalarni ishlab chiqarishga integratsiya qilgan
mamlakatlar yetakchilik qila oladi. Prezidentimiz maʼruzalarida qayta-qayta
taʼkidlanadigan bosh gʻoya ham universitetlar va sanoat korxonalari oʻrtasidagi
“koʻprik”ni mustahkamlashdir. Korxona xalqaro bozorda raqobatbardosh boʻlishi uchun u
faqat arzon ishchi kuchi yoki xomashyo-ga emas, balki bilim va innovatsiyalarga tayashi
lozim. Bu jarayonda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va ilmni iqtisodiy
qiymatga aylantirish ustuvor vazifa etib belgilangan. Bu borada huquqiy poydevor
mustahkamlan-yapti. Strategik qarorlar va konsepsiyalarga urgʻu berilmoqda.
Masalan, 2018-2021 yillar oraligʻida sohani tubdan isloh qilishga qaratilgan bir
qator muhim hujjatlar qabul qilingan boʻlsa,
keyingi bosqich — 2022-2026 yillarda asosiy urgʻu “raqamli iqtisodiyot” va
“aqlli ishlab chiqarish” tizimiga oʻtishga qaratildi.
Bugungi kunda har bir
yirik korxonada ilmiy tadqiqot boʻlimlari tashkil etilishi davlat siyosatining
strategik talabiga aylandi. Boz ustiga “ilmiy ish — amaliy natija” tamoyiliga
oʻtildi. Ilmiy jamiyat oldiga qatʼiy talab qoʻyildi. Bu yondashuv qator ijobiy
oʻzgarishlarni keltirib chiqardi. Ilmiy loyihalarni grant asosida moliyalashtirishda
ularning ishlab chiqarishga joriy etilish imkoniyati bosh mezon etib belgilandi.
Korxonalarda innovatsion muhit yaratish uchun yosh olimlar va ilmiy hodimlarni
bevosita sanoat obʼektlariga jalb qilish tizimi yoʻlga qoʻyildi. OTMlar va
korxonalar oʻrtasidagi hamkorlik shartnomalari talabalarni amaliyotga yoʻnaltirish
va ilmiy ishlanmalarni sinovdan oʻtkazish maydoniga aylandi. Islohotlar mevasi
sifatida bugungi kunda bir necha muvaffaqiyatli loyihalarni koʻrish mumkin. Eng
avvalo, texnologik parklar barpo etildi. Raqamli texnologiyalar sohasidagi
minglab startaplar va eksportga yoʻnaltirilgan xizmatlar ekotizimi yaratildi.
Qishloq xoʻjaligida suv tejovchi texnologiyalar, yangi seleksiya ishlari va agrotehnologik
tadqiqotlar oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga xizmat qilmoqda. Sanoatda
raqamlashtirish tizimi avtomatlashtirilgan boshqaruv va energiyatej amkor tizimlar
korxonalar xarajatlarini kamaytirib, samaradorlikni oshirmoqda.
“Ilm
— innovatsiya — ishlab chiqarish — raqobatbardoshlik” zanjirli modeli
shakllandi. Bunda ilm-fan shunchaki nazariy bilim emas, balki iqtisodiy oʻsishni
taʼminlovchi va yangi ish oʻrinlari yaratuvchi asosiy drayver vazifasini bajaradi.
Quvonarlisi, ilm-fanga munosabat tubdan oʻzgardi. Endi har bir korxona
innovatsion, har bir tadqiqot amaliy va har bir olim jamiyat rivojiga hissa
qoʻshuvchi kuch boʻlishi, bu strategik zaruriyat va kelajak taraqqiyot kafolatiga
aylanishi kerak.
Qoʻyilayotgan talablarni
amalga oshirishda sotsiologiya fanining ahamiyati beqiyos. Davlatimiz rahbari
tashabbusi bilan mamlakatimizda sotsiologiya fani qayta tiklanishi va oliygohlarda
malakali sotsiologlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilishi shunchaki akademik oʻzgarish emas. Bu
boshqaruv tizimining ilmiy asosga oʻtayotganidan dalolat.
Sotsiologiyani faqat
“diagnostika qiladigan fan” deb cheklash xatodir. Chunki u nafaqat jamiyatni tahlil
qiladi, balki uni tushuntiradi, bashorat qiladi va hatto oʻzgartirish
mehanizmlarini taklif etadi. Sotsiologiya jamiyatdagi muammolarni aniqlaydi
(ishsizlik, tengsizlik, migratsiya). Sabablarini tahlil qilib, oqibatlarini
baholaydi, yechimlar boʻyicha ilmiy taklif beradi. Shu maʼnoda, endi sotsiologik
tadqiqotlar davlat siyosatining yoʻnalishlarini belgilab beruvchi asosiy omil
boʻlishi shart. Bu jarayondagi eng muhim burilish bir martalik soʻrovlardan doimiy monitoring
tizimiga oʻtishdir. Endilikda jamiyatdagi kayfiyat, aholining davlatga ishonchi
qayerda ortayotgani va qayerda zaiflashayotgani muntazam ravishda tahlil qilib
boriladi. Qaysi qaror xalqka manfaat keltiryapti, qaysisi esa adolatsiz deb
qabul qilinyapti — bularning barchasi raqamlar va ilmiy xulosalar asosida
Prezidentimizga taqdim etiladi. Davlatimiz rahbari topshirigʻiga binoan, hudud va
tarmoqlar rahbarlari reytingini aniqlash boʻyicha yangi metodologiya ishlab chiqiladi.
Bu reyting ijtimoiy fikr va xalqning real roziligiga asoslanadi. Rahbarning
faoliyatiga bahoni oʻsha hudud yoki tarmoqda yashayotgan va ishlayotgan odamlar beradi.
Bu tizim rahbarlarni “pastga tushib”, odamlar muammosi bilan bevosita
shugʻullanishga majbur qiladigan kuchli mexanizm boʻladi.
Masʼuliyatni
his qilmagan, sustkashlikka yoʻl qoʻygan va oʻzgarishlar qilishni istamagan rahbarlar
boʻyicha ochiq, xolis va tanqidiy axborotlar shakllantirib boriladi. Bu “Listening
State” — “Quloq soladigan davlat” konsepsiyasining eng yuqori bosqichi boʻlib, unda
xalqning ovozi qaror qabul qiluvchilar uchun eng oliy majburiyat hisoblanadi.
Sotsiologik
tadqiqotlarning davlat boshqaruviga izchil joriy etilishi ikkita strategik
maqsadga xizmat qiladi.
Birinchidan, qarorlar
sifati oshadi. Har bir farmon yoki qaror aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib qabul
qilinadi.
Ikkinchidan,
masʼuliyat kuchayadi. Rahbarlar oʻz faoliyatining oynasi xalqning fikri ekanini his
etib ishlay boshlaydi. Shunday qilib, yangi tizim Oʻzbekistonda islohotlarning
samaradorligini oshirishda nafaqat ilmiy asos, balki kuchli ijtimoiy nazorat
vositasi boʻlib xizmat qiladi. Xalq roziligi endilikda faqat maʼnaviy maqsad,
balki aniq oʻlchanadigan va hisob beriladigan davlat standartidir. Zamonaviy
boshqaruv tizimida har qanday islohot yoki ijtimoiy loyiha muvaffaqiyati uning
nechogʻli ilmiy asoslangani va jamiyatdagi real holatni aks ettirganiga bogʻliq.
Sotsiologik tadqiqot qarori muayyan ijtimoiy muammoni ilmiy
asosda oʻrganish, tahlil qilish va amaliy yechimlar ishlab chiqish maqsadida qabul
qilinadigan tashkiliy-metodologik hujjatdir. U tadqiqotning muammoni qoʻyishdan
tortib, natijalarni hayotga joriy etishgacha boʻlgan barcha bosqichlarini aniq
belgilab beradi. Sotsiologik tadqiqot qarorining eng muhim bosqichi kutilgan
natijalarning amaliyotga integratsiyasidir. Tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan
tavsiyalar davlat organlariga, korxonalarga yoki qonunchilik dasturlariga
kiritiladi. Mazkur yondashuv rahbarga muammoni “kitobdan oʻqib” emas, balki
xalqning ichiga kirib, raqamlar va jonli muloqotlar asosida “ichidan” tushunish
imkonini beradi. Bu esa ijtimoiy siyosat samaradorligini keskin oshiradi. Yangi Oʻzbekistonning
boshqaruv tizimida bunday ilmiy asoslangan qarorlar koʻpayishi jamiyatdagi har bir
ijtimoiy muammoga eng maqbul va adolatli yechim topishning kafolati boʻlib xizmat
qiladi.
Toshpoʻlat MATIBOYEV,
sotsiologiya fanlari doktori, professor