Bu boʻyicha Prezidentning "Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish toʻgʻrisida"gi qarori belgilandi.
Qarorga koʻra:
- ogʻir va nogironlikni keltirib chiqaruvchi kasalliklarga chalingan 10 ming nafar bolalarda jarrohlik amaliyotini oʻtkazish;
- 2,3 ming nafar onkologik, gemotologik va onkogematologik tashxis qoʻyilgan bemorlarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish, ularni davolash va jarrohlik amaliyotini oʻtkazish;
- kamida 350 nafar bemorlarda jigar va buyrak transplantatsiyasi amaliyotini oʻtkazish.
Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj quyidagi bolalarning omonat hisobvaraqlariga 200 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti oʻtkaziladi:
- etim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar (vasiylik, homiylik va patronatdagi bolalar);
- Mehribonlik uylari, oilaviy bolalar uylari, kichik hajmli bolalar uylari hamda “SOS” bolalar mahallasi tarbiyalanuvchilari;
- Vatan sarhadlarini himoya qilish yoʻlida qurbon boʻlgan ota-onalarning farzandlari;
- “Taskin Children’s Hospice” bolalar onkologik shifoxonasida davolanayotgan bolalar.
Shuningdek, 500 ta masjidda aholi uchun qulay sharoitlar yaratiladi, taʼmirlanadi hamda joylardagi qabristonlar obod qilinadi.
Muqaddas qadamdjolarni obodonlashtirish va mehr-saxovat tadbirlarini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlar tashkil etiladi.