Ushbu Qonunning maqsadi jismoniy tarbiya va sport sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatli davlat organidir.
Qonunga koʻra, fuqarolar havaskorlik sporti, shuningdek professional sport bilan sportchi, trener, sport hakami sifatida shugʻullanish huquqiga ega.
Sport klubi sport faoliyati bilan shugʻullanish, sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish, shuningdek sportchilarni musobaqalarga tayyorlash maqsadida tashkil etiladi.
Sportchi pasporti yagona namunadagi hujjat boʻlib, sportchining jismoniy tarbiya va sport tashkilotiga mansubligini hamda sport malakasini tasdiqlaydi.
Sport turi qoidalariga va sport musobaqasi toʻgʻrisidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini taʼminlash uchun vakolat berilgan jismoniy shaxs sport hakamidir.
Davlat tomonidan sportchi hamda trenerlarga bir martalik va oylik toʻlov (stipendiya, nafaqa va boshqalar) shaklidagi qoʻllab-quvvatlash choralari taqdim etilishi mumkin.