Asarlari esa neça-neça kitobxon avlodga yöriqnoma bölib xizmat qiladi. Özbek adabiyotining XX asr adoğidagi muvaffaqiyati haqida gap ketganda, asarlarining badiiy-estetik salmoği, qahramonlar içki dunyosini mahorat bilan oçib berişi, tarixiy voqelik mohiyatini töğri anglaşi va uning ijtimoiy-badiiy talqin bilan özaro uyğunligiga erişişi jihatidan Özbekiston xalq yozuvçisi Odil Yoqubovning nomi birinçilardan bölib tilga olinadi.

Adabiyotning boş vazifasi insonşunoslik ekan, badiiy asarda odamlarning taqdiri va hayot yöli, davr, jamiyat hamda şaxs munosabatlari, milliy va maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar, adolat, insof-diyonat uçun kuraş, şuningdek, bu jarayonlarga töğanoq böladigan sanoqsiz illatlar bir-biridan uzilmagan holda tasvirlanişi, bularning barçasi öquvçi hukmiga havola etilayotgan har bir asarning boş mavzusi bölişi kerak. Odil Yoqubovning qissa va romanlarida ayni şu talabga qatʼiyan rioya qilinganini köramiz. Ularda insonning, u kim bölişidan, hayotda va jamiyatda qanday mavqega egaligidan qatʼi nazar, keçinmalari, his-tuyğulari, orzu-umidi, özligini topiş va anglaş yölidagi urinişlari, nogahoniy sinov va zarbalarga doş bera olişi yoki buning aksi bölgan qörquv, beğamlik, jurʼatsizlik kabi illatlar quyma ifodasini topadi. Öquvçi köz öngida ötmişning yoruğ lahzalari bilan birga qora tunlari, qatliomlarigaça yaqqol gavdalanadi. Kitobxon ularga işonadi, çuqur his etadi va muayyan muddat şu voqealar taʼsirida yaşaydi.

Adib asarlarida insonning har qanday şaroitda ham vijdon va imon amriga sodiq qolişi, halol va pok yöldan çalğimasligi, buning uçun özida jasorat va maʼnaviy kuç topa bilişi ğoyasi xuş-noxuş tarixiy voqealar, turli taqdirlar misolida qizil ipday bir-biriga ulanib, bir-birini töldirib boradi. Biz bugun şunday insonlardan biri bölgan, yaqin ötmişda ham halollik va rostgöylik uçun kuraşgan olim Normurod Şomurodovni (“Diyonat”) eslaymiz. Abu Ali ibn Sino va Abu Rayhon Beruniydek ikki buyuk alloma örtasidagi goh samimiy, goh ziddiyatli munosabatlar zamiriga mahorat bilan singdirilgan yanada buyuk haqiqat — hukmron doiralar xohişi va ilmiy halollik örtasidagi axloqiy kuraşni köz oldimizga keltiramiz (“Köhna dunyo”). Ali Quşçining ustozi merosini saqlab qoliş uçun körsatgan şogirdlik jasoratidan hayratlanamiz (“Uluğbek xazinasi”).

Ötgan asrning 80-yillarida mamlakatimizda yuz bergan şafqatsiz qatağon fojialari aks etgan “Oq quşlar, oppoq quşlar” asarida ham tuhmat, dahşatli qiynoq va qamoq azoblariga doş bergan imoni but, vijdoni pok odamlarning kuçli irodasi, maʼnaviy yuksakligiga duç kelamiz. Bu qahramonlar bugungi yoş avlod tarbiyasiga ham ijobiy taʼsir körsatadi, desak, mubolağa bölmaydi.

Uluğ yozuvçi Çingiz Aytmatov qadrdon dösti Odil oğaning “Uluğbek xazinasi” romanini öqir ekan, özbek adabiyo­tida (Aytmatov suhbatlaridan birida “turkiy adabiyotda ham” degan iborani işlatgan — muallif) yangi, yorqin asar paydo ­bölganidan faxrlanib, muallifga ğoyat taʼsirçan, mazmunan jiddiy, adabiy tadqiqotdan qolişmaydigan qöllanma-maktub yozadi:

“Adil. Bugun men çuqur mamnuniyat bilan, vijdon amriga itoat etgan holda senga allaqaçon yöllaşim lozim bölgan uşbu maktubni yozmoqdaman. “Uluğbek xazinasi”ni, garçi bir oz keçikib bölsa-da, zör qiziqiş va maroq bilan öqib çiqdim.

Yaxşi kitob haqida zavq bilan yoziş mumkin. Sening asaring yuksak proza namunasi bölibdi. Badiiy jihatdan barkamol bölgan bu tarixiy roman meni çinakamiga larzaga soldi. Öquvçini tölqinlantira oliş tarixiy sanʼat asariga xos birlamçi alomatdir. Va men bu safar turkiy xalqlar vakili sifatida dilimda çuqur mamnuniyat va ğurur-iftixor hissini tuydim.

Uluğbek bizning bebaho ötmişimiz bölibgina qolmay, mana şu tabarruk zaminda egallagan örnimizni oqlovçi siymo hamdir. Uluğbek bizga dunyoni muhokama etib, hukm çiqariş uçun huquq va vakolat beradigan, dardu hasratimizni, çekkan alam va iztiroblarimizni ifoda etuvçi unutilmas zotdir, desam, mubolağa bölmasa kerak...”.

Ikki zabardast yozuvçining samimiy döstligi, ijodiy hamkorligi uzoq vaqt davom etdi. Ular Toşkent, Bişkek, Olmaota, Istanbul kabi şaharlarda tez-tez uçraşib, milliy adabiyot rivoji va uning bugungi vazifalari xususida miriqib suhbatlaşar, Odil aka bir gal özi aytib berganidek, baʼzan örtada samimiy tortişuv va bahslar ham bölib turar edi. Bir misol. Odil aka menga Çingiz Aytmatovning “Novыy mir” jurnali boş muharriri A.Tvardovskiyga yozgan maktubini öqib bergani yodimda. Mana öşa maktub:

“Hurmatli Aleksandr Trofimoviç!

“Alvido, Gulsari”ning qayta işlangan yangi (oxirgi) variantini jönatmoqdaman. Sizning asar syujeti dinamikasi va ovul hayoti bilan boğliq sahnalarga doir barça taklifingizni hisobga oldim. Matn ança takomillaşdi deb öylayman.

Sizdan iltimosim — ikkinçi bobdagi Tanaboyning ot bilan suhbati va xalq aytimlari qisqarib ketmasin. Borliqni milliy idrok etişda bular abstrakt ekzotika emas, balki fikr yuritiş va his etiş uslubidir. Agar biz asar tilini silliq gazeta tiliday soddalaştirsak, povest nima maqsadda yozilganini — özining asosiy mohiyati bölmiş poetik haqiqatini yöqotadi. Meni töğri tuşunasiz degan umid bilan qaroringizni kutaman.

Hurmat va qalb harorati bilan, Çingiz Aytmatov. 1966-yil”.

Odil akaning aytişiça, ikki döst badiiy asarda milliy koloritdan foydalanişda meʼyorni saqlaş, hayotiylik va badiiy umumlaşma uyğunligi xususida köp muşohada yuritgan. Çunonçi, Aytmatovning yozgan maktubi sönggida bunday ­jumla bor: “Albatta, romanda kamçilik­lar ham bor. Bugun ularga töxtalib ötirmayman. Uçraşganimizda batafsil gaplaşib olamiz. Bor böl.

R.S. Menda “Uluğbek xazinasi”ning özbekçasi, bölsa yaxşi bölardi-da”.

Çingiz Aytmatov qadrdon döstini tuğilgan kunining 70 yilligi bilan qutlab, unga uşbu maktubni yöllagan:

“Hurmatli Adiljan.

Biz sen bilan bir vaqt, bir taqdir hukmida ekanmiz, men tuğilgan kuningning 70 yilligini özim uçun juda yaqin, bizga tengdoş avlodning adabiyot va ijtimoiy hayotga doir tarixiday qabul qilaman.

Sening ijoding bois, özbek nasri yangi adabiy rivojlaniş darajasiga — ritorik andozalardan dunyoviy realizm estetikasiga kötarildi. Katta hurmat va qoniqiş bilan eʼtirof etamanki, sen özing taşkilotçilaridan biri bölgan “Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi”ning Toşkentdagi işlariga dastlabki kunlardan boşlab faol rahbarlik qilib kelmoqdasan. Bu işing bugungi şaroitda turkiy dunyo adabiyotini rivoj­lantirişning yangi yöllarini izlaşda katta ahamiyatga ega.

Adiljan döstim, sen, men va ­Pirimqul Qodirov Öşda sodir bölgan ­voqealar paytida millatdoşlarimizning qayğusiga qayğudoş, dardiga darddoş bölganimizni doimo eslab turaman. Biz jabrdiydalar oldiga milliy totuvlikka daʼvat etuvçi uç aka-uka sifatida borgan edik, qirğizlar ham, özbeklar ham bizni tuşunib, hurmatimizni joyiga qöyişdi.

Hurmatli Adiljan, senga salomatlik tilayman, bundan boşqa hammasi sening aql-idroking va irodangga boğliq”.

Uşbu qutlovga Odil Yoqubov bunday javob yozgan:

“Iloyo, öşa maşʼum qora kunlar sira qaytib kelmagay. Men senday buyuk yozuvçi, ayni zamonda oddiy va kamtar inson bilan zamondoş bölganimdan toabad iftixor qilaman. Yaratgan Egam meni sen bilan uzoq yillar döst böliş, oxirgi yillarda esa olijanob bir maqsad yölida birga işlaş, sening dilbar suhbatlaring­ni oliş baxtiga muşarraf qildi. Sönggi paytlarda men ham bu haqda köp öylayman, ayniqsa, keçqurun, uyqum qoçgan daqiqalarda köp eslayman. Çeksiz quvonç va minnatdorlik bilan eslayman. Bizning baxtimizga, nafaqat turkiy xalqlar, balki butun jahon xalqlari ­kitobxonlarining baxtiga hamişa soğ böl, qalaming bundan ham ötkirlaşib boravergay, qadrli döstim!”.

Hayot va ijodda böladigan noyob voqea — çin, samimiy döstlik haqida gap ketganda, Odil oğaning yana bir dös­ti — Pirimqul Qodirovni eslaş joiz deb öylayman. Ularning maktub tarzidagi yozişmalari ikki örtadagi ­munosabatning samimiy va döstonaligi, adabiyot haqqi oçiq, aççiq va talabçan ruhda ekani, kezi kelganda esa nozik pardali qoçirimlarga boyligi bilan alohida ajralib turadi. Adabiyotşunoslar badiiy asarda muallifning qalb olami, dunyoqaraşi, feʼl-atvori va turmuş tarzi ham körinadi, deyişadi. Bu töğri, albatta. Ammo epistolyar janr deb atalmiş maktublarda bu jihatlar yanada yaqqol, xuddi közguda aks etganidek tiniq körinadi. Jahon adabiyotining maktub şaklida yozilgan köplab bebaho namunalari bunga misol böla oladi. Öquvçi fikrini tiniqlaştiriş uçun uzoqqa bormay, Odil Yoqubov va Pirimqul Qodirovning özaro yozişmalaridan ayrim namunalar keltiramiz.

Odil aka qadrdon döstining “Uç ildiz” romani qölyozmasini öqib, unga bunday xat yozadi:

“Pirimqul, salom!

Qalay, işlar beşmi? Romanni tugatib, erkin nafas olib, öynab yuribsizmi? Keça davomini oldim. Bu yoğini tahrir qilib qöygan edim, uç-tört kunda (25-yanvarda) olib borib topşirişim mumkin. Tahrir masalasida xat yozgan edingiz, köp fikrlaringizga qöşilib bölmaydi, albatta. Lekin siz aytganingizdek qilib, mumkin qadar qöl tekkizmaslikka harakat qilyapman. Agar “Lit.izdat” rozi bölsa, men — rozi.

Yana şuni ham aytib qöyayki, gazetalarda (romaningizdan) parça öqiganlar ham tilining ğalizligidan şikoyat qilib yurişibdi, söng fikr köp takrorlanadi, çözib yuborilgan, deyişadi. Bu fikrlarning hammasiga bölmasa ham, öttiz foiziga qöşilaman: agar roman yigirma-yigirma beş foiz qisqartirilganda, faqat yutardi. Bu gapni çin qalbimdan aytyapman. Ayniqsa, muhabbat haqidagi joylari meʼyoridan oşib ketgan. Bu narsa romanning oxiriga yaqinlaşganda juda bilinib qolar ekan. Eng yomoni — muhabbatdek aziz tuyğu yaxşi ifodalab (tasvirlab demoqçiman) berilgan joylari ham meʼyoridan oşib ketgandan keyin yoğli palovdek köngilga tegib qolar ekan. Bu sözlarga xafa bölmang, men döstona tanqid qilyapman. Agar özingiz kelib, romanni birgalikda bir körib çiqqanimizda edi, bu narsani tuzatib yuboriş mumkin bölardi.

Endi “Şarq”qa kelsak, men bu töğrida köp gapiraverib, töğrisini aytsam, qandaydir yomon körinib qoldim. Mirmuhsin tiliga “pridirka” qilib, muallif yana işlasin, deganga olib kelyapti...”.

“Salom, döstim Odil!

Bu oxiri (romanning yakuni) juda qiynayapti, köp ruçka uşlaganimdan barmoqlarim zirqirab oğriydigan bölib qoldi. Özi beş-olti kunda bitadigan iş qolgan.

Qani endi, bir haftaga borib kelaqolsam. Lekin heç iloji yöq. Agar ikkovimiz bevosita gaplaşsak, bir-birimizni tez tuşunişimiz mumkin edi, har bir satr qöl oğriği bilan yozilayotgan paytda uzun-uzun xatlar yozib ötirmas edik. Lekin boşqa yöli yöq. Gap bir neça jumlani siz özingizça tuzatganingizda emas. Men sizning buni jonkuyarlik bilan, samimiy qilayotganingizni sezaman, bu men uçun juda aziz, biling. Gap köproq mening yozganlarimga tanqidiy köz bilan qarab, özingizning fikrlaringizga ozroq tanqidiy köz bilan qaramayotganingizda, bu özingizga sezilmasligi mumkin, lekin menga juda sezilyapti.

Bir marta “işonuvçanlik” degan söz yöq degan edingiz. Balki “sezuvçanlik” ham yöq, dersiz? Bor. Bölmagan taqdirda ham topiş kerak edi, çunki şu narsa hayotda bor. Hayotda bor narsani öquvçi tuşunadi. Biri tuşunmasa, boşqasi tuşunadi, öqiganroği tuşunadi. Umuman, “öquvçi tuşunadi, tuşunmaydi” degan bahsimizda köpinça öquvçining xilma-xil ekanini, yozuvçi ilğorroq, köproq narsaga fahmi yetadiganroq öquvçilarni köz oldiga keltirib yozişi kerakligini hisobga olmaymiz. Rusça degansiz. Oybekning “Quyoş qoraymas”ini öqiyotibsizmi? Rusça iboralar. Jumlalarni körayotibsizmi? Nega hamma “nelzya”lar faqat boşlovçi yozuvçilarga aytiladi? Hayotda bor köp narsalar bizdan oldin rus tilida söz, ibora holiça keltirilgan bölsa, biz nega yana qaytadan velosiped ixtiro qilib yurişimiz kerak, nega ularni baʼzan öz tilimizning qonunlariga moslab tarjima qilib kiritişimiz mumkin emas? Axir rus adabiy tilining özi ham nemis, fransuz, ingliz romanlari XIX asrda keng tarjima qilinmasdan oldin qanaqa edi-yu, keyin qanday tez ösib, boyib ketdi — bir tasavvur eting... Bilaman, sizning özingizni ham “rusçadan tarjima qilayotganday yozasan”, deyuvçilar köp, şuning uçun bu jihatdan juda ehtiyot bölib yurasiz... Xatingizda keltirilgan boşqa tuzatişlar yaxşi. Lekin yuqoridagi ikkita narsa qolsin, iltimos qilaman.

Naşriyotdagilarning “kulişi yo sökişi” masalasiga kelsak, bundan heç ham xavotirlanmasangiz böladi. Har holda birinikidan yomon bölsa, birinikidan qolişmas.

Bilasizmi, Odil, men muharrir bölganimda, qanaqa muallifni orzu qilar edim? Muharrirga mumkin qadar kam iş qoldiradigan muallifni... Şuning uçun, körgandirsiz, ölib-tirilib tuzatyapman, hamma narsani öz qölim bilan qilişga harakat qilyapman. Kişi yurak qoni bilan yozgan har bir satrni, har bir harfni öz badanidagi bir hujayra, bir nerv, bir muskuldek his qiladi. Men har bir jumla ustida şunçalik bahslaşayotganim ham şundan. Şunday dolzarb paytda yozilgan şu narsalarni hisobga olib tahrir qilarsiz deb umid qilaman. Mabodo ­naşriyot sizga bir narsa desa, javobgarlikni menga havola qiling, könmadi, deya­vering. Oxirini beş-olti kunda yuborişga harakat qilaman” (1958-yil).

“Tahrir” degan favqulodda zarur adabiy-ijodiy faoliyat, xalq tili bilan aytganda, şamolda buğdoy şopirişdek muhim iş kundan-kunga kamayib borayotgan, katta-kiçik, nomdor va nomi faqat beş-oltita tezob muallifgagina maʼlum bölgan “qölbola” naşriyotlarda esa muallif matniga qöl urmaslik, u qanday kelgan bölsa, şundayligiça çop etiş urf bölayotgan bugungi kunda bu maktublar mualliflar uçun ham, noşirlar uçun ham katta ahamiyatga egaligini, bunday “hotamtoylik” adabiy jarayon mavqeiga putur yetkazişi mumkinligini eʼtirof etişimiz zarur. Uç aka-ukaning bu boradagi yöl-yöriqlari doimo hammamizning yodimizda turmoği lozim.

Ahmadjon MELIBOYEV,

Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist