Mazkur hujjatga koʻra:

  • texnik inventarizatsiya koʻchmas mulkning maydoni, tarkibi, texnik tavsiflari va amaldagi holatini aniqlash hamda uning kadastr yigʻmajildini shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi;
  • texnik inventarizatsiya Davlat kadastrlari palatasi muhandislari yoki malaka shohodatnomasiga ega kadastr muhandislari tomonidan oʻtkaziladi;
  • texnik inventarizatsiya birlamchi va qayta inventarizatsiya shaklida oʻtkaziladi;
  • texnik inventarizatsiya dastlabki kameral ishlar, dala ishlari va dala ishlaridan keyingi kameral ishlar bosqichlarida amalga oshiriladi;
  • dala ishlari davomida joyiga chiqqan holda koʻchmas mulkning oʻlchamlari olinadi, konstruktiv elementlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari oʻrganiladi;
  • texnik inventarizatsiya natijalari asosida koʻchmas mulkning umumiy maydoni, foydali maydoni, hajmi hamda boshqa texnik koʻrsatkichlari aniqlanadi;
  • koʻchmas mulkning rejalari 1:50, 1:100, 1:150 yoki 1:200 masshtablarda elektron shaklda tayyorlanadi;
  • texnik inventarizatsiya natijalaridan norozi boʻlgan shaxslar Kadastr agentligiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega boʻladi.

Ushbu tartib koʻchmas mulkka oid maʼlumotlarning aniqligini taʼminlashga xizmat qiladi.