Vazirlik matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, mayor Husniddin Sharapov bola choʻkayotgani haqida oʻgʻlidan eshitib qolgan.
Uning soʻzlariga koʻra, ishdan qaytib uyiga kirgan paytda katta oʻgʻli yugurib kelib, daryoda bola choʻkayotganini aytgan. Shundan soʻng u zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.
Husniddin Sharapov daryo boʻyiga yetib kelganida ikki bola yordam soʻrab baqirayoganini koʻrgan. U dastlab velosipedni suvga tashlab, choʻkayotgan bolaga ilinishi imkonini yaratishga uringan. Ammo bola qattiq qoʻrqib qolgani sababli uni ushlay olmagan.
Shundan keyin FVV xodimi oʻzi suvga tushib, bolanı qutqarib chiqqan. U bolanı yelkasiga chiqarib sohilga olib chiqqanini aytgan.
Qutqaruvdan soʻng bola uyiga olib borilib, unga birinchi yordam koʻrsatilgan — issiq suv berilgan, yuvintirilib, adyolga oʻralgan. Shundan keyin u ota-onasiga topshirilgan.
Qayd etilishicha, mayor Husniddin Sharapovning jasorati va fidoyiligi munosib eʼtirof etilib, vazir tomonidan «Aʼlo xizmatlari uchun» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.