41 yoshli hujumchi bu haqda "Vogue" jurnaliga bergan intervyusida aytdi.
— Bu mening futboldagi so‘nggi yilim bo‘lishi mumkin. Men o‘zimdan keyin katta meros qoldirmoqchiman, — dedi Ronaldu.
Krishtianu Ronaldu — besh karra "Oltin to‘p" sohibi va besh karra Chempionlar ligasi g‘olibi. Portugaliya terma jamoasi tarkibida u Yevropa chempioni bo‘ldi va ikki marta Millatlar ligasida g‘olib chiqdi.
Futbolchi milliy jamoalar, Yevropa chempionatlari, Chempionlar ligasi va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p gol urish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.
2022-yil dekabridan beri Ronaldu Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubida o‘ynab kelmoqda. Bungacha hujumchi Portugaliyaning "Sporting", Angliyaning "Manchester Yunayted", Ispaniyaning "Real Madrid" va Italiyaning "Yuventus" klublarida o‘ynagan.
Krishtianu Ronaldu "An-Nasr" bilan birinchi chempionlik unvonini qo‘lga kiritgandi, deb xabar berdi Kazinform.