Lazizbek Temirov 1989-yilda Fargʻona viloyatining Fargʻona tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 2012-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2021-yilda esa mazkur universitet magistraturasini tamomlagan.

U mehnat faoliyati davomida iqtisodiyot va davlat boshqaruvi tizimida qator masʼul lavozimlarda ishlagan.

2024-yildan buyon Yashnobod tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.