Umumiy inflyatsiya 2026-yil yakunida 6,5 foiz atrofida, iqtisodiy oʻsish prognozi esa 7,5–8 foiz darajasida saqlab qolindi.
Joriy yilning iyun oyida energiya va toshko‘mir narxlarining oshishi ta’sirida umumiy inflyatsiya sur’atlarining qisqa muddatli yuqorilashi kuzatilmoqda.
Markaziy bankning pul-kredit siyosati inflyatsiyani 5 foizlik maqsadli darajaga pasaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va aholining xarid qobiliyatini saqlashga qaratilgan bo‘lib qoladi.
Asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi yigʻilish 2026-yil 16-sentyabr kuniga belgilangan.