Tekshiruv natijalariga koʻra, Chilonzor yoʻnalishida “Buyuk ipak yoʻli” — “5-bekat” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanayotgan poyezd mashinisti “Milliy bogʻ” va «Novza» bekatlari oraligʻida salbiy vaziyatni oldini olish maqsadida favqulodda toʻxtashni amalga oshirdi, deya xabar qiladi “Toshkent metropoliteni” UK.
Uning soʻzlariga koʻra, poyezd harakatlanayotgan paytda oldindagi yoʻlda kontakt relslarni quvvatlovchi tokopriyomnikda uchqun chiqayotganini koʻrib qolgan. Koʻrsatma (instruksiya) talablariga binoan, mashinist poyezdning harakatini toʻxtatishga qaror qildi, chunki ushbu vaziyatda harakatni davom ettirish mumkin emas. Mashinist bu haqda tezkorlik bilan dispetcherga xabar berdi, yoʻnalishdagi harakat tarkiblarni elektr taʼminotdan uzildi va shundan soʻnggina barcha yoʻlovchilar poyezddan «Novza» bekatigacha evakuatsiya qilindi.
Eslatib oʻtamiz, bu hodisa kecha, 17:50 atrofida sodir boʻldi. Chilonzor yoʻnalishidagi poyezdlar cheklangan rejimida harakatlangan, yaʼni alohida tunnel uchastkalarida bitta yoʻnalish boʻylab. Shu kunning oʻzida barcha nosozliklar bartaraf etildi va bugundan barcha poyezdlar belgilangan harakat jadvaliga muvofiq harakatlana boshladi.
Mashinist tokopriyomnikda uchqun chiqayotganini koʻrib, poyezdni favqulodda toʻxtatgan
“Toshkent metropoliteni” UK kuni kecha poyezd toʻxtashi sabablarining tekshiruvi natijalarini eʼlon qildi.
Soliqdan qochganlar ham, soliqni hisoblamagan soliqchilar ham fosh etildi
- Paxtachilikdagi sakkiz qonuniyat: Yaxshi nav imkoniyatini ochilgan ko‘sak va fermer daromadiga aylantirish yo‘li
- Zangiotadagi do‘konlardan birida yong‘in chiqdi
- 1-sinf oʻquvchilari uchun “Prezident sovgʻasi” hududlarga joʻnatildi
- Ucell. O‘zbekistonda ketma-ket uchinchi yil eng tezkor mobil internet
- Nurli, shukuhli, sharafli
Yangi o‘quv yilidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgartiriladi
- Bugun 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq yakunlanadi
- "Alisher Navoiy" hamda "Paxtakor" metro bekatlari oralig‘idagi eskalatorlardan biri yo‘lovchilar uchun foydalanishga qayta topshiriladi
- Ahadjon Kimsanboyev shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
- Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi
- Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi