Tekshiruv natijalariga koʻra, Chilonzor yoʻnalishida “Buyuk ipak yoʻli” — “5-bekat” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanayotgan poyezd mashinisti “Milliy bogʻ” va «Novza» bekatlari oraligʻida salbiy vaziyatni oldini olish maqsadida favqulodda toʻxtashni amalga oshirdi, deya xabar qiladi “Toshkent metropoliteni” UK.
Uning soʻzlariga koʻra, poyezd harakatlanayotgan paytda oldindagi yoʻlda kontakt relslarni quvvatlovchi tokopriyomnikda uchqun chiqayotganini koʻrib qolgan. Koʻrsatma (instruksiya) talablariga binoan, mashinist poyezdning harakatini toʻxtatishga qaror qildi, chunki ushbu vaziyatda harakatni davom ettirish mumkin emas. Mashinist bu haqda tezkorlik bilan dispetcherga xabar berdi, yoʻnalishdagi harakat tarkiblarni elektr taʼminotdan uzildi va shundan soʻnggina barcha yoʻlovchilar poyezddan «Novza» bekatigacha evakuatsiya qilindi.
Eslatib oʻtamiz, bu hodisa kecha, 17:50 atrofida sodir boʻldi. Chilonzor yoʻnalishidagi poyezdlar cheklangan rejimida harakatlangan, yaʼni alohida tunnel uchastkalarida bitta yoʻnalish boʻylab. Shu kunning oʻzida barcha nosozliklar bartaraf etildi va bugundan barcha poyezdlar belgilangan harakat jadvaliga muvofiq harakatlana boshladi.
Mashinist tokopriyomnikda uchqun chiqayotganini koʻrib, poyezdni favqulodda toʻxtatgan
“Toshkent metropoliteni” UK kuni kecha poyezd toʻxtashi sabablarining tekshiruvi natijalarini eʼlon qildi.
Chiqindi to‘plash maydonchalaridan chiqindilarni qonunga xilof ravishda olib chiqib ketganlik uchun javobgarlik belgilandi
- Shaxsga doir maʼlumotlarning samarali himoya qilinishi taʼminlanadi
- Andijonda qalbaki dori ishlab chiqarish bilan bogʻliq yashirin sexlar fosh etildi
- Oʻzbekiston Gabon ustidan gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston – Tojikiston sammiti yakunlandi
- Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlari zamonaviy toʻqimachilik korxonasiga tashrif buyurdilar
2026-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida
- IIV tizimida bir guruh ayol xodimalar rahbarlik lavozimlariga tayinlandi
- Kimyo sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish masalalari koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida
- Yangi Oʻzbekiston Navroʻzi – yuksalish va taraqqiyot davri
- Hayit namozining Oʻzbekiston boʻylab oʻqilishi vaqtlari eʼlon qilindi